AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukrainadagi mojaroning yanada keskinlashishi uning mamlakat chegaralaridan tashqariga tarqalishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Amerikalik diplomat Gresiyaning Kathimerini nashriga bergan intervyusida xalqaro hamjamiyat mavjud vaziyatni keng ko‘lamli qarama-qarshilikka aylanishi mumkin bo‘lgan xavf manbai sifatida baholayotganini ta’kidladi.
«Biz butun dunyoni xavotirga solayotgan masaladan, ya’ni mojaroning boshqa davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatadigan darajada keskinlashishi va ehtimol, yanada keng ko‘lamli to‘qnashuvga aylanib ketishi mumkinligidan jiddiy tashvishdamiz», — dedi Rubio.