AQSh Venesuela bilan urush arafasida, deb xabar bermoqda The Atlantic.
Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Donald Tramp ma’muriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darishga jiddiy e’tibor qaratgan. Allaqachon Venesuelaga harbiy bostirib kirish rejasining bir necha variantlari ishlab chiqilgan va Karib dengizida katta harbiy guruh yig‘ilgan.
"Prezident Donald Tramp dastlab “Venesuyela muammosini” kelishuv va muzokaralar orqali hal qilmoqchi bo‘lgan, biroq oxir-oqibat davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Marko Rubioning “qat’iy chora ko‘rish” taklifini qabul qildi", deyiladi The Atlantic maqolasida.