AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Fransiyada bo‘lib o‘tadigan G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida BMT faoliyati ustidan nazorat va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishini bildirdi.
"Biz BMTda mas’uliyat va hisobdorlikni kuchaytirish, shuningdek, sun’iy intellekt sohasida yangi texnologiyalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berish masalalariga e’tibor qaratamiz", — deb yozdi Rubio X ijtimoiy tarmog‘ida.