AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 21 noyabr kuni Yevropa rasmiylari bilan Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan tugatish bo‘yicha Amerikaning yangi rejasini muhokama qilmoqchi.
Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) xabar bermoqda.
The Wall Street Journal (WSJ) ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Rubio milliy xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan Yevropaning yuqori martabali amaldorlari bilan muzokaralar olib boradi.
Nashrning qayd etishicha, Yevropaning bir qancha yuqori martabali diplomatlari Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha "har qanday rejalar yuzasidan xavotir bildirish imkoniyati" berilishiga umid bildirgan.