“Belleville News-Democrat” nashri jurnalistlarining xabar berishlaricha, amerikalik rohib Jim Bekker o‘quvchilar hamda izdoshlarini Ozar platosidagi uyiga chaqirmoqda.
Rohibning qat’iy ta’kidlashicha, uning kulbasigina insonlarni qiyomat qoyimdan saqlab qolar ekan. Shu bilan birga, bir narsani ham unutmaslik kerak: u yerda yashash huquqi faqat Xudo farzandlariga berilar emish.
70 yoshli ruhoniy hozirda Morningside shahrini qurayotganini va u bu hudud Missuri shtatidagi kichik shahar bo‘lishini ta’kidladi. Ruhoniy bu joyni behuda tanlamagan, vaholanki, bu yer NASA ekspertlari va AQSh hukumati tomonidan eng xavfsiz makon deb topilgan.
Kulbalarning barchasida oziq-ovqat g‘amlangan bo‘ladi. Shu bois xaridorlar mahsulot taqchilligi haqida o‘ylamasalar ham bo‘ladi. Xohlovchilar esa ruhoniyning quyosh batareyalari, ratsiyalar hamda shunga o‘xshash yashash uchun zarur bo‘lgan barcha buyumlarni jamlagan internet-do‘konidan ham foydalansalar bo‘ladi.
Biroq shuni unutmaslik kerakki, Yarat Egam qiyomat qoyimni Yer yuziga yuborganida undan qutulib bo‘lmaydi.
Manba: planetanovosti.com