Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

RPL. “SSKA” safarda durang o‘ynadi. Fayzullayev to‘liq harakat qildi

RPL. “SSKA” safarda durang o‘ynadi. Fayzullayev to‘liq harakat qildi

Rossiya Premyer Ligasi 27-turi doirasida SSKA klubi safarda “Axmat” mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdagi hisob moskvaliklar tomonidan ochildi. 9-daqiqada Seku Koyta raqib darvozasiga to‘p kiritib, “armiyachilar”ni hisobda oldinga olib chiqda. 33-daqiqaga kelib tablodagi natija tenglashdi. Gol muallifi — Maksim Samorodov.

Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Ta’kidlash kerakki, o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi. U 57-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi. Sofascore portali Fayzullayevning harakatlarini 7,6 ball bilan baholadi.

Ushbu durangdan keyin SSKA 52 ochko bilan 2-o‘rindagi “Zenit”dan 5 ochko ortda qolmoqda. 4-o‘rindagi "Spartak" hisobida esa 51 ochko mavjud. SSKA peshqadam “Krasnodar”dan 9 ochko ortda borayotgan bo‘lsa, “Axmat” esa 24 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan.

Kiritildi: 06:41 05.05.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!