Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning Xarkov shahriga uyushtirgan hujumi 10 kishining umriga zomin bo‘ldi

Rossiyaning Xarkov shahriga uyushtirgan hujumi 10 kishining umriga zomin bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov shahrida Rossiya harbiylarining kechasi uyushtirgan hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi.

Bu haqda shahar meri Igor Terexov o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kechasi Rossiya harbiylarining raketa zarbasi natijasida vayron bo‘lgan Xarkovdagi besh qavatli turar-joy binosi vayronalari ostidan 10 kishining jasadi topilgan.

"Xarkovning Kiyev tumanidagi besh qavatli turar-joy binosiga raketa zarbasi natijasida o‘n kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida 13 yoshli qiz va 9 yoshli o‘g‘il bola bor edi. Yana 16 kishi jarohat oldi va tibbiy yordamga muhtoj", deb qo‘shimcha qildi OVA boshlig‘i Oleg Sinegubov.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumda yetti kishi halok bo‘lgani va 10 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga qilingan hujumda 29 ta raketa, ularning deyarli yarmi ballistik raketalar, shuningdek, 480 ta dron, ularning aksariyati "shahid" dronlari ishlatilgan.

Kiritildi: 22:55 07.03.2026. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!