Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning uzoq sharq federal okrugi hududlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiyaning uzoq sharq federal okrugi hududlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Bugun, 19 sentyabr kuni Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlari yaqinidagi Tinch okeani akvatoriyasida 7,2 magnitudalik zilzila sodir bo‘ldi.

Petropavlovsk-Kamchatsk va Vilyuchinskda yer silkinishi 7 ballgacha sezilgan. Sunami xavfi e’lon qilindi.

O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulining Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q. Favqulodda xizmatlar yuqori tayyorgarlik rejimida ishlamoqda.

"O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mintaqaviy hokimiyat organlari va boshqa vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Fuqarolardan shoshilinch xizmat ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilib, xotirjamlikni saqlashlarini so‘rab qolamiz," - deyiladi xabarda.

Zarurat tug‘ilganda vatandoshlar Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 (423) 260-48-00, +7 (902) 078-70-07.

Kiritildi: 15:44 19.09.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!