Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan tungi hujumi qurbonlari soni besh nafarga yetdi — OAV

Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan tungi hujumi qurbonlari soni besh nafarga yetdi — OAV

"Xarkov shahri o‘qqa tutilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi", — deya ma’lum qildi yozdi Xarkov meri Igor Terehov.

Bundan tashqari, 7 iyun tongida Rossiya qo‘shinlari yana bir bor Xerson shahriga zarba berdi. Xerson viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Prokudinning ma’lum qilishicha, 56 yoshli erkak va 54 yoshli ayol halok bo‘lgan.

Ukraina Qurolli kuchlarining xabar berishicha, tungi hujum davomida Rossiya harbiylari Ukraina hududiga 206 ta dron, ikki dona “Iskander-M/KN-23” ballistik raketasi, olti dona X-59/69 aviaraketasi va bir dona “Iskander-K” qanotli raketasi bilan hujum uyushtirgan.

"Ukraina harbiylari 87 ta dron, olti dona X-59/69 raketasi va bir dona “Iskander-K” raketasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Yana 80 ta dron “lokasiya bo‘yicha yo‘qolgan”. Bundan tashqari, Ukraina Havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya armiyasining Su-35 samolyoti urib tushirilgan.

Kiritildi: 14:12 07.06.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!