Kolumbiyada 15 yoshli o‘smir prezidentlikka nomzodga qarata o‘q uzdi.
Suiqasd Bogotadagi saylovoldi mitingi chog‘ida, Migel Uribe o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
O‘smir 39 yoshli nomzodning orqa tomoniga qarata olti marta o‘q uzgan. O‘qlardan biri senatorning boshiga tegib, yana ikki kishi yaralangan. Uribe hozirda og‘ir ahvolda qolmoqda.
Uribening qo‘riqchilari hujumchiga qarata o‘q uzib, uni yaralagan va hibsga olgan.
Prezident Gustavo Petro va hukumatning boshqa a’zolari ushbu suiqasdni qoralagan.