Bugun 4 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning tungi hujumlari oqibatida Ukrainada sakkiz kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishilar yaralandi

Rossiyaning tungi hujumlari oqibatida Ukrainada sakkiz kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishilar yaralandi

Ukraina ​prezidenti Zelenskiyning ma’lum qilishicha, 70 dan ortiq raketa, jumladan "sezilarli miqdorda" ballistik raketalar hamda 280 dan ortiq zarba beruvchi dronlar uchirilgan. 260 dan ortiq dron va "sezilarli miqdorda" qanotli raketalar urib tushirilgan.

​"Hamkorlardan havo mudofaasi raketalari keskin yetishmayotgan bir sharoitda jangchilarimiz juda yuqori professionallik darajasini ko‘rsatib, aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirmoqda. Havo mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berish to‘xtab qolgan yoki sekinlashgan bir vaqtda bu insonlar hayotini saqlab qolayotgan favqulodda mahoratdir", — deb yozdi Zelenskiy.

​Bugun tunda poytaxt Kiyev va viloyati, Dnepropetrovsk, Lvov, Poltava, Xarkov, Nikolayev, Sumi, Vinnisa, Cherkassi hamda Ivano-Frankovsk viloyatlari zarbalar ostida qolgan.

​O‘nlab turar joylar, fuqarolik korxonalari va infratuzilma ob’ektlari vayron bo‘lgan va zarar ko‘rgan.

Kiritildi: 12:10 30.07.2026. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!