Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyaning Ternopil shahriga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Rossiyaning Ternopil shahriga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Rossiyaning Ukraina g‘arbidagi Ternopil shahriga bergan havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 kishiga yetdi.

Bu haqda mahalliy Favqulodda vaziyatlar xizmati matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar Rossiya havo kuchlari ko‘p qavatli uyga zarba bergan joyda vayronalar ostidan yana bir jabrlanuvchining jasadini olib chiqqan. Shu tariqa qurbonlar soni 28 nafarga yetdi, ulardan uch nafari yosh bolalar.

"94 kishi tan jarohati oldi, 16 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi", — deyiladi FVV xabarida.

Kiritildi: 10:45 21.11.2025. O'qildi: 1097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!