8 sentyabr kechasidan beri Rossiya kuchlari tomonidan Kiyevga uyushtirilgan keng ko‘lamli havo hujumlari natijasida besh kishi halok bo‘ldi va 20 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Bu haqda Kiyev shahar meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"8 sentyabr kechasi va kunduzi poytaxtda 23 kishi jarohat oldi, ulardan 14 nafari shahar kasalxonalarida... Uch kishi og‘ir ahvolda. Ukraina poytaxtining Solomyanskiy tumanida omborga bomba urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi", deb yozgan u.
Keyinroq u Kiyevga uyushtirilgan havo hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetganini xabar qildi.