Kiyevning Darniskiy tumaniga Rossiya hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi.
Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Kiyevning Darniskiy tumaniga Rossiya hujumi natijasida o‘n olti kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va odamlarni qidirishda davom etmoqda", deyiladi bayonotda.
Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 14 may kechasi Rossiyaning poytaxtga hujumi natijasida jami 47 kishi jarohat olgan.