Kiyev meri Vitaliy Klichko ma’lum qilishicha, Kiyev yaqinidagi Sofiyevskaya Borshagovkada bozorga Rossiya droni tushishi oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, 4 kishi jarohatlangan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevning bir nechta tumanida dron zarbalari qayd etilgani va o‘nlab odamlar jarohatlanganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarar ko‘rgan binolar orasida 2 ta bog‘cha, 2 ta maktab, turar joy va Saudiya Arabistoni elchisining qarorgohi sifatida foydalaniladigan bino bor.
Kiyev viloyatining Bela Serkovskiy tumanida esa don ombori va ko‘p qavatli uy zararlangan.
Zelenskiyning aytishicha, Rossiya kechadan buyon turli turdagi 277 ta zarba beruvchi drondan foydalangan, ularning 155 tasi reaktiv dronlar bo‘lgan.