Rossiyaning Yevropa qismida yengil aviasiya parvozlarini taqiqlash taklif qilinmoqda. Bu sohani barbod qilishi mumkin.
Rossiya Aviasiya hamjamiyatining taxmin qilishicha, harbiylar shu yo‘l bilan Ukraina dronlariga qarshi kurashmoqchi. So‘nggi oylarda Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning ichkarisidagi shaharlarga tez-tez zarbalar bermoqda, may oyi o‘rtalarida esa Moskva va Podmoskove keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng yirik dron hujumiga uchradi.
"Agar taqiq haqiqatan ham joriy etilsa, uchuvchilarni tayyorlaydigan o‘quv markazlari yopilishi va ular bilan birga kadrlar tayyorlashning butun tizimi xavf ostida qoladi", deb hisoblaydi uchuvchilar.
"Odamlar ishsiz qoladi — instruktorlar, uchuvchilar, aerostat va planyor sporti bo‘yicha mutaxassislar, barcha texnik vositalarga xizmat ko‘rsatuvchi texniklar! Ularning aksariyati uchun bu daromadning yagona manbai", — deya qo‘shimcha qiladi ulardan biri.