Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning dron hujumlari tufayli Polshadagi aeroportlar yopildi

Rossiyaning dron hujumlari tufayli Polshadagi aeroportlar yopildi

10 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga ommaviy hujumi chog‘ida Polsha "Rejadan tashqari harbiy harakatlar" tufayli "Jeshuv-Yasenka", "Lyublin" xalqaro aeroportlari va Varshavadagi ikkala aeroportni ham yopdi.

Bu haqda aviasiya xodimlarining (NOTAM) tezkor xabarida aytilgan.

Buning sababi, departamentning ta’kidlashicha, "milliy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq rejadan tashqari harbiy harakatlar".

Polsha qurolli kuchlarining tezkor qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog‘ida havo hududi himoyasini ta’minlash uchun “barcha zarur tartib-qoidalarni faollashtirgani” haqida ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, havoga nafaqat polshalik qiruvchi samolyotlar, balki NATOning boshqa mamlakatlari samolyotlari ham ko‘tarilgan. Bundan tashqari, quruqlikdagi havo hujumidan mudofaa kuchlari yuqori shay holatga keltirildi.

Qayd etish joizki, "Jeshuv-Yasenka" aeroporti Ukrainaga G‘arb yordamini o‘tkazish uchun asosiy logistika markazi hisoblanadi.

Kiritildi: 10:30 10.09.2025. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!