Rossiyaning 17 ta telekanali Googledan 2 million rubl talab qilmoqda. Jarima miqdori kundan-kunga oshib bormoqda.
Bu haqda “RBK” nashri huquqiy mojaroning borishidan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda.
28 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudya "jud ko‘p nollari bo‘lgan ishni" ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Rossiya sudi Google kompaniyasi jarima to‘lashi to‘g‘risida qaror qilgan, chunki Amerika kompaniyasi sudning Rossiya ommaviy axborot vositalarilarining YouTube'dagi akkauntlarini tiklash haqidagi talabini bajarmagan.
Google'ga qarshi da’vo, xususan, “Birinchi kanal”, “VGTRK xolding” kompaniyasi, “Pravoslav televideniye jamg‘armasi” va rossiyalik targ‘ibotchi Margarita Simonyanning YouTube kanali vakili va boshqalar tomonidan qo‘zg‘atilgan.
"Rossiya sudining qarorini bajarilmagan har bir kun uchun 100 ming rubl miqdorida jarima belgilanadi. Qaror amalga oshirilgunga qadar jarimaning umumiy miqdori cheklanmagan holda har hafta ikki baravar ko‘payadi", deya qayd qayd etadi “RBK”.
Rossiya media kompaniyalari va Google o‘rtasidagi sud jarayonlari 2020 yilda YouTube Yevgeniy Prigojinga aloqador “Sargrad” telekanali va "Federal axborot agentligi” akkauntlarini bloklaganidan keyin boshlangan.
Ma’lumot uchun, 2 undesillion 2 raqamining ortida 36 ta nol bor bo‘lgan sonni bildiradi.