Janubiy Koreyaning KakaoTalk
messenjeri Rossiyadagi bepul ilovalar reytingida 428-pog‘onadan 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ekspertlar buni foydalanuvchilar Telegram bloklanishi fonida ommaviy ravishda muqobil variantlar qidirayotgani bilan izohlamoqda.
eQualitie loyihasi koordinatori Leonid Yuldashevning DW nashriga ma’lum qilishicha, odamlar Google Play’dagi eng ommabop ilovalarni yuklab olmoqda. Kimdir koreys messenjeri yoki IMO haqida yozsa, bu ma’lumot repostlar orqali tez tarqalib, qiziqish to‘lqinini yuzaga keltiryapti.
RKS Global eksperti Sarkis Darbinyanning fikricha, rossiyaliklar baribir Telegram’dan butunlay voz kechmaydi va bloklashlarni aylanib o‘tish yo‘llarini izlaydi. Biroq, 2018 yilga qaraganda, hozirda bunday imkoniyatlar ancha kamaygan.
Yana bir ommabop ilova — "Telega" tashqi ko‘rinishidan Telegram bilan deyarli bir xil. Ammo undan foydalanish nihoyatda xavfli. Yuldashevning ogohlantirishicha, bu shunchaki Telegram mijozi bo‘lib, u Rossiyadagi servis infratuzilmasidan foydalanadi. RKS Global tadqiqotlari esa "Telega" foydalanuvchilar ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch ishlatar tuzilmalariga yuborishini tasdiqlagan edi.