Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyalik sobiq futbolchi Fayzullayevning SSKAdan ketishiga munosabat bildirdi

Rossiyalik sobiq futbolchi Fayzullayevning SSKAdan ketishiga munosabat bildirdi

Hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev SSKAni tark etdi. Chorshanba kuni "Istanbul Bashakshehir" O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli futbolchisi bilan 5 mavsumlik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Fayzullayevning SSKAdan ketishi bo‘yicha o‘tmishda taniqli bo‘lgan futbolchi Aleksey Gasilin izoh berdi.

"O‘tgan mavsumda u kam o‘ynadi - rotasiya o‘yinchisi edi. Yaqinda u Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Yaxshi o‘yinchi - barcha fazilatlari bor. Balki unga yaxshi taklif tushgandir va maydonda 90 daqiqa o‘ynashi kafolatlangandir. U o‘ynashni xohlaydi," - deya Gasilinning so‘zlarini keltiradi "Match TV."

Shu bilan birga, Gasilin SSKA Fayzullayev uchun yaxshi miqdorda pul olganini ta’kidladi. Insayder Ivan Karpov "harbiylar" 7,5 million yevro va Abbosbekning keyingi transferidan 10 foiz olishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 16:55 31.07.2025. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!