Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyalik mutaxassis: «O‘zbekiston JCH-2026da pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi»

Rossiyalik mutaxassis: «O‘zbekiston JCH-2026da pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi»

«Lokomotiv»ning sobiq futbolchisi Dmitriy Sichyov O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak 2026 yilgi jahon chempionatida pley-off bosqichiga chiqa olishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Menga barchasining iloji bordek tuyulmoqda. O‘ylashimcha, ular guruhdan chiqish uchun kurashishadi — balki birinchi o‘rin bilan emasdir, lekin ikkinchi yoki uchinchi o‘rin uchun aniq harakat qilishadi», — deya Sichevning so‘zlarini keltirmoqda «Metaratings» nashri.

Shu bilan birga, ekspert bu yerda ko‘p narsa O‘zbekistonning guruhdagi asosiy yetakchiga qarshi kechadigan o‘yini natijasiga bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Fabio Kannavaro shogirdlari K guruhida DR Kongo, Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Ta’kidlash joizki, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionati O‘zbekiston uchun debyut hisoblanadi. Turnir 11 iyun kuni Meksika va Janubiy Afrika o‘rtasidagi o‘yin bilan start oladi.

Kiritildi: Bugun 13:53. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!