Evrokomissiya iyun oyi oxirigacha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini taqdim etishi mumkin.
Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, Fransiya allaqachon bu borada o‘z tavsiyalarini yuborgan.
"Bu yaqin kunlar masalasi, kechadan beri biz o‘z takliflarimizni Yevrokomissiyaga yubordik. U ularni ushbu paketga kiritishi kerak, umid qilamanki, u iyun oxirigacha taqdim etiladi", - dedi vazir.