Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyaga qarshi o‘ynashi kerak bo‘lgan Polsha terma jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2022 saralashining finaliga chiqadi

A A A
Rossiyaga qarshi o‘ynashi kerak bo‘lgan Polsha terma jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2022 saralashining finaliga chiqadi

Polsha terma jamoasi JCH-2022 saralash o‘yinlarida 24 mart kuni Moskvada Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynashi kerak edi. Ammo Przeglad Sportowy nashrining yozishicha, Polsha Rossiyaga qarshi o‘ynamaydi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri JCH-2022 saralashining finaliga chiqadi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) o‘z qarorini 4 mart kuni e’lon qiladi.

Tashkilot Rossiya terma jamoasi xalqaro musobaqalardan chetlatilganidan keyin yuzaga kelgan muammoni hal qilishning bir nechta variantlarini ko‘rib chiqdi, ular orasida Polsha, Chexiya va Shvesiya jamoalari o‘rtasida mini-turnir o‘tkazish varianti ham bor edi, ammo buni amalga oshirish qiyin.

Kiritildi: 18:58 03.03.2022. O'qildi: 2983 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!