Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyaga olib kirilayotgan banan konteyneridan katta miqdorda kokain topildi

Rossiyaga olib kirilayotgan banan konteyneridan katta miqdorda kokain topildi

Kokain miqdori 820 kiloni tashkil etadi.

Giyohvand moddalar konteyner polining ostidagi "qo‘lbola yasalgan yashirin bo‘shliq"da aniqlandi - u yerda oq rangli modda solingan 820 ta briket mavjud edi.

Federal bojxona xizmati va Federal xavfsizlik xizmati xorijiy hamkasblari ma’lumotlari yordamida Lotin Amerikasidan olib kelingan narkotikning eng katta partiyasini qo‘lga oldi.

Rossiya qora bozorida ushbu partiyaning narxi 12 mlrd. rublni tashkil qilgan bo‘lar edi, deya aniqlik kiritmoqda bojxona xizmati.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 21:35 16.07.2025. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!