Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga hali erta

Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga hali erta

Germaniya Bundestagidagi hukmron XDS va SDPG vakillari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish g‘oyasiga qarshi chiqdi.

Deputatlar fikricha, siyosiy mahbuslarni ozod qilish evaziga Moskvaga sanksiyaviy yengilliklar berish Kremlga noto‘g‘ri signal bo‘lishi mumkin.

XDS tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Yurgen Xardt Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan va mingdan ortiq siyosiy mahbus saqlanayotgan bir paytda sanksiyalarni yumshatish mumkin emasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Germaniya va Yevropa Ittifoqi Moskvaga bosimni saqlab qolishi va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga erishishi kerak.

SDPG vakili Adis Axmetovich ham sanksiyalarni yengillashtirish faqat Yevropa darajasida kelishilgan strategiya va aniq natijalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari davom etayotgani va Yevropa davlatlariga qarshi gibrid tahdidlar kuchaygani sababli hozir Moskvaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish vaqti emas.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham Rossiya va Belarusdagi siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilmoqda. Vazirlik Rossiyadagi qariyb 1600 nafar siyosiy mahbusning taqdirini kuzatayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!