Rossiya Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlarining kamida bir qismini KXDR ishchilari bilan almashtirishi kerak, deydi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dosenti Ilyos Zaripov.
U iqtisodiy hamkorlik ikki davlatga xizmat qilishiga ishonch bildiradi va KXDRdan, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, sanoat va qurilish sohalarida ishchilar uchun kvotalar miqdorini sezilarli darajada oshirishni taklif qiladi. Bu ham muhim tarmoqlarda ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qilishga yordam beradi.
Rossiya va KXDR o‘rtasidagi yaqinlashish Ukrainadagi urush fonida, Rossiya Federasiyasi zudlik bilan o‘z snaryadlari va raketalari zaxiralarini to‘ldirishga muhtoj bo‘lgan paytda boshlandi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yaqinda Rossiyaga tashrif buyurdi.