Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiyaga aloqador xakerlar Italiya elchixonalari saytlari va qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan ob’ektlarga hujum qildi

Rossiyaga aloqador xakerlar Italiya elchixonalari saytlari va qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan ob’ektlarga hujum qildi

Bu haqda The Insider xabar berdi.

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining ma’lum qilishicha, mamlakat xavfsizlik xizmati qishki Olimpiya o‘yinlari ob’ektlari va tashqi ishlar vazirligining xorijdagi vakolatxonalariga kiberhujum amalga oshirilganini aniqlagan.

Xakerlarning nishonlari orasida Italiyaning Vashingtondagi elchixonasi, shuningdek, Sidney, Toronto va Parijdagi konsulliklari bo‘lgan. Bundan tashqari, qishki Olimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq saytlar va ob’ektlar, jumladan, Alp tog‘laridagi Kortin-d'Ampesso shahridagi mehmonxonalar (u yerda tog‘ chang‘isi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi) kiberhujumga uchragan.

Antonio Tayani kiberhujumda “Rossiya izi” ko‘rinayotganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, buni hujum qilgan guruhning o‘zi ham bayonoti orqali tasdiqlagan. Shuningdek, kiberhujum muvaffaqiyatli to‘xtatilgan.

Kiberhujum uchun javobgarlikni Rossiyaga aloqador NoName057 xakerlar guruhi o‘z zimmasiga oldi. "Italiya hukumati ukrainalik terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun biz ularni DDoS hujumlarimiz bilan jazoladik", deyilgan Guruhga tegishli Telegram-kanalda e’lon qilingan bayonotda.

Kiritildi: Bugun 15:26. O'qildi: 220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!