Bu haqda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida TASS muxbiri bilan suhbatda transport vaziri Andrey Nikitin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyat janubiy va sharqiy transport yo‘laklari rivojini sezilarli darajada tezlashtirgan.
"2026 yilning to‘rt oyi davomida Eron yo‘nalishida eksportning 56 foizdan ortiqqa o‘sganini ko‘ryapmiz. Umuman olganda, Shimol–Janub koridori bo‘yicha yuk oqimi 87 foizga o‘sish ko‘rsatdi", — dedi u.
Nikitin Qozog‘iston va Turkmaniston orqali o‘tuvchi Transkaspiy yo‘nalishida eng faol dinamika kuzatilganini ta’kidladi — u yerda o‘sish 98 foizni tashkil etgan.