Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Bekmurod Abdullayev ishi sudda ko‘rilmoqda

Bekmurod Abdullayev ishi sudda ko‘rilmoqda


Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.

Mazkur jinoyat ishi doirasida Bekmurod Abdullayev bilan birga jami 30 nafar shaxs sudlanmoqda.

Kiritildi: 22:06 27.07.2026. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!