Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Turkiya haqida: Menga hech kim ko‘rsatma berolmaydi...

Tramp Turkiya haqida: Menga hech kim ko‘rsatma berolmaydi...

Turkiya — Qo‘shma Shtatlarning ishonchli ittifoqchisi va AQShning ushbu mamlakatga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishiga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi. Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ushbu qadamga qarshi chiqayotganiga oid savolga javob berar ekan ma’lum qildi.

«Turkiya — juda qudratli mamlakat. Juda katta qurolli kuchlarga ega ajoyib davlat. Ularning armiyasida juda ko‘p a’lo darajadagi texnikalar bor. Nimani sotish va nimani sotmaslikni menga hech kim ko‘rsatma bera olmaydi», — dedi Tramp.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti Kongressga maktub yo‘llab, unda Turkiya beshinchi avlod AQSh F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga hali ham qayta olmasligi aytilgan edi.

Kiritildi: 23:41 27.07.2026. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!