Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron Ukrainaga javob qaytarish bilan tahdid qildi. Qachon?

Eron Ukrainaga javob qaytarish bilan tahdid qildi. Qachon?

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy Kaspiy dengizida Eron kemasiga qilingan hujum «javobsiz qolmasligi»ni ma’lum qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Aroqchiyning so‘zlariga ko‘ra, u kemaga berilgan zarba masalasini Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas hamda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatlarda muhokama qilgan.

Eron tashqi ishlar vaziri Kiyev harakatlarini keskin qoralab, Ukraina harbiylari savdo kemasiga hujum qilgani, oqibatda bir nafar dengizchi halok bo‘lganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu holat BMT Nizomining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi. Shuningdek, Aroqchiy Kallas va Lavrov bilan muloqot chog‘ida Ukraina tomonining harakatlari «javobsiz qolmasligi» haqida ogohlantirganini bildirdi.

Bundan bir kun avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina kuchlari Kaspiy dengizida Eron bilan bog‘liq, uning ta’kidlashicha, harbiy yuk tashigan kemalarga, shuningdek, bitta harbiy kemaga uzoq masofadan zarba berganini ma’lum qilgan edi.

Tehron esa hujumga uchragan kema fuqarolik kemasi bo‘lganini va zarba oqibatida ekipajning bir a’zosi halok bo‘lganini bildirmoqda.

Hodisadan so‘ng Ukrainaning Erondagi vaqtinchalik ishlar vakili tushuntirish berish uchun Eron Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Kiritildi: 20:48 27.07.2026. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!