Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada xorijiy internet-trafik uchun to‘lov joriy etilishi mumkin

Rossiyada xorijiy internet-trafik uchun to‘lov joriy etilishi mumkin

Rossiyada xalqaro internet-trafik uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etish imkoniyati muhokama qilinmoqda. «Xabr» nashri xabariga ko‘ra, aloqa kompaniyalari assosiasiyasi Minsifri Rossiidan bunday trafikni tariflash bo‘yicha tushuntirishlar olgan.

Muhokamalarga sabab — oyiga 15 gigabaytlik chegara bo‘lib, undan oshganda alohida to‘lov qo‘llanilishi mumkin. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, vazirlikning 2026 yil 27 apreldagi javobida xalqaro trafikni qo‘shimcha tariflash mexanizmi hali ishlab chiqish bosqichida ekani aytilgan.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan choralar asosan mobil tarmoqlarga taalluqli. Hujjatda, shuningdek, bloklangan resurslarga kirish imkonini beruvchi servislardan foydalanish xalqaro internet-trafikka tenglashtirilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bu esa bunday ulanishlarni hisobga olish va tariflash tartibiga ta’sir qilishi mumkin.

Shuningdek, Rossiya qonunchiligi talablarini bajarmaydigan servislarga kirishni cheklash umumiy aloqa tarmog‘ini markazlashgan boshqarish doirasida amalga oshirilishi mumkinligi ta’kidlangan. Bunday holatlarda blokirovka qilish bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati Roskomnadzorga tegishli.

Minsifri Rossii shuningdek boshqa vakolatli idoralar bilan birgalikda taqiqlangan resurslarga kirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarga qarshi kurash ishlari davom etayotganini bildirgan.

Avvalroq Rossiyada Apple kompaniyasining bepul qo‘llab-quvvatlash raqami ishlashdan to‘xtagani xabar qilingan edi. Shuningdek, «Laboratoriya Kasperskogo» hammuassisi Natalya Kasperskaya bank servislaridagi yirik uzilish sabablari haqidagi bayonotlari uchun Roskomnadzordan uzr so‘ragan.

4 aprel kuni yuz bergan ushbu nosozlik Rossiyaning yirik shaharlarida mobil internet to‘liq cheklangan paytga to‘g‘ri kelgan. Mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar Sberbank, T-bank va Ozon-bank kabi yirik banklar ilovalari, shuningdek Tezkor to‘lovlar tizimi ishida muammolarga duch kelgan.

Bir necha soat davomida mijozlar pul o‘tkazish, naqd pul yechish va xaridlar uchun to‘lov qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Roskomnadzor Rossiya OAV va Telegram kanallaridan bank tizimidagi uzilishlar virtual xususiy tarmoqlar blokirovkasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni o‘chirishni talab qilgan. Ma’lum qilinishicha, bunday materiallar jumladan «Forbs» va «Mesh» tomonidan o‘chirilgan.

Kiritildi: Bugun 10:56. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!