Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada xodimlar ommaviy ravishda mukofotlardan mahrum qilinmoqda

Rossiyada xodimlar ommaviy ravishda mukofotlardan mahrum qilinmoqda

Rossiyada iqtisodiy sekinlashuv va moliyaviy ahvol yomonlashishi ortidan kompaniyalar xodimlariga premiya va bonuslarni to‘lashdan bosh tortmoqda.

«Izvestiya» nashrining xabar berishicha, hh.ru va NPF «Evolyusiya» o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, har uchinchi xodim so‘nggi bir yilda qo‘shimcha to‘lovlar qisqartirilganini yoki umuman to‘xtatilganini aytgan.

So‘rovda qatnashgan mutaxassislarning 20 foizi mukofot miqdori kamayganini, 9 foizi esa to‘lovlar butunlay to‘xtaganini qayd etgan. Har to‘rtinchi respondent bonus ish haqining 10–30 foizini tashkil etganini aytsa, 15 foiz ishchi bonus miqdorini ish haqining 10 foiziga teng deb ko‘rsatgan. Xudi shuncha xodim mukofotlari 30–50 foizni tashkil etganini ma’lum qilgan.

Mukofotlar asosan menejerlar, IT-mutaxassislar, rieltorlar, savdo, moliya va qurilish sohasi xodimlariga qisqartirilgan yoki bekor qilingan. Sverdlovsk, Novosibirsk, Samara, Rostov oblastlari va Tataristonda mukofotdan mahrum bo‘lganlar soni eng yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkich ayrim mintaqalarda 42 foizga yetgan.

Freedom Finance Global mutaxassisi Vladimir Chernovning ta’kidlashicha, bonus va mukofotlar kompaniyalar uchun xarajatni rasmiy maoshni pasaytirmasdan yoki ishchi sonini kamaytirmasdan tejash imkonini beradi. KROS kompaniyasi kadrlar bo‘yicha direktori Dmitriy Dudarev esa kompaniyalar moliyaviy rag‘batlantirish imkoniyatlari tugab, ish jarayonlarini optimallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga yo‘nalmoqda, deya qayd etgan.

SuperJob ma’lumotlariga ko‘ra, ish beruvchilar hozirda xodimlarni ushlab qolish uchun bayramda sovg‘alar, foizsiz qarzlar, psixolog, yurist va moliyachi maslahatlarini taklif qilmoqda. Shuningdek, kompaniyalar DMS, ish joyiga transfer va nomoddiy rag‘batlantirish — maqtov yorliqlari va korporativ yangiliklarda e’tirof etish kabi choralarni ko‘rayotir.

Kiritildi: 16:39 27.06.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!