Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada WhatsApp taqiqlanishi mumkin

Rossiyada WhatsApp taqiqlanishi mumkin

Roskomnadzor WhatsAppʼdan taqiqlangan axborotni tarqatayotgan kanallarni o‘chirib tashlashni talab qiladi. Agar bundan bosh tortsa, bu ilova Rossiyada taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Roskomnadzor matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya qonunchiligi talablari barcha kompaniyalarga, jumladan, messenjer va ijtimoiy tarmoqlarga taalluqli.

“Taqiqlangan axborotli nodo‘st kanallar paydo bo‘lsa, ularni zudlik bilan o‘chirish talab qilinadi, bosh tortilsa, blokirovka qilishini mumkin”, - deyilgan xabarda.

WhatsApp messenjeri Rossiyada ekstremistik sifatida taqiqlangan “Meta” kompaniyasiga tegishli. Kuni kecha messenjer kanal yaratish va unda xabar joylash imkoniyatini taqdim etdi. Bundan tez orada barcha foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 21:05 14.09.2023. O'qildi: 1912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!