Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda 78.ru manbasi xabar berdi.
Marhum o‘zbekistonlik 47 yoshli muhojir bo‘lib, qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. Qurilish maydonida ishlayotganda u tomdan yiqilib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchida himoya vositalari bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurilish jarayonida sug‘urta tizimi ham qo‘llanilmagan.