Tver viloyati, Udomle shahrida 63 yoshli mahalliy ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, u to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini soxta ro‘yxatga olish uchun Lipniy qishlog‘idagi manzilini ko‘rsatgan.
"Komsomolskaya pravda" nashri xabariga ko‘ra, tekshiruv chog‘ida uning uyida xorijliklar aslida yashamagani ma’lum bo‘ldi.
Uning xatti-harakatlari Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi - chet el fuqarosini soxta ro‘yxatga olish bo‘yicha jinoyat hisoblanadi. Ayolni besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo kutmoqda.