Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada o‘latdan laboratoriya xodimining o‘limi Oq uyni nega xavotirga soldi?

Rossiyada o‘latdan laboratoriya xodimining o‘limi Oq uyni nega xavotirga soldi?

Irkutskdagi o‘latga qarshi kurash instituti xodimi Darya Shipilova 2 oktyabr kuni o‘pka o‘latidan vafot etdi.

Shundan so‘ng shaharda bir nechta shifoxona karantinga yopildi, 200 ga yaqin kishi izolyasiya qilindi yoki tibbiy nazoratga olindi.

Axios xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatmoqda.

O‘pka o‘lati havo-tomchi yo‘li orqali yuqishi mumkin va epidemiologik jihatdan katta xavf tug‘diradi. Vashingtonni koronavirus pandemiyasiga o‘xshash jihatlar ham xavotirga solayotgan bo‘lishi mumkin: kasallik manbasi hozircha aniq emas.

Shipilova kasallikni dala tadqiqotlari vaqtida yoki laboratoriyada yuqtirgani ma’lum qilinmagan. Rasmiylar hodisa tafsilotlarini oshkor qilmagan, ammo hozirgacha keyingi yuqish holatlari qayd etilmaganini bildirgan.

XIV asrdagi o‘lat epidemiyasi Yevropada 50 milliongacha insonning hayotiga zomin bo‘lgan. Bugungi kunda ham o‘pka o‘lati o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 20:00 05.10.2026. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!