Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyada “Slava Ukraini!” deb baqirgan ayol 7 sutkaga qamaldi

Rossiyada “Slava Ukraini!” deb baqirgan ayol 7 sutkaga qamaldi

Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida “Slava Ukraini! Geroyam slava!” deb baqirgan fuqaro Vasilisa Magriskaya 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Hodisa 11 aprel kuni Art Hall kafesida o‘tkazilgan “Yo‘qlik” nomli harbiy-ma’rifiy spektaklda yuz bergan. Ayol “ekstremistik” ramzlarni ommaviy namoyish qilish va mayda bezorilikda ayblangan. Petrogradskiy tuman sudi unga qarshi ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Ta’kidlanishicha, Magriskaya spektakldagi olqishlar chog‘ida shunday shiorni aytgan. Sudda ko‘rib chiqilgan bayonnomaga ko‘ra, u “jamoat joyida so‘kinib gapirgan” va ogohlantirishlarga e’tibor bermagan. Ayol sudda aybini tan olmagan.

“Yo‘qlik” spektakli Rossiyada yashovchi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlovchi ukrainalik shoira Yevgeniya Bilchenkoning ssenariysi asosida sahnalashtirilgan.

“Slava Ukraini!” (Ukrainaga shon-sharaf!) va unga javoban “Geroyam slava!” (Qahramonlarga shon-sharaf!) shiorlari uzoq tarixga ega. 2022 yilning fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon “Slava Ukraini!” shioridan G‘arb siyosatchilari ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildirish uchun keng foydalana boshladi.

Bu shiorni turli vaqtlarda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va Polsha prezidenti Anjey Duda ishlatgan. Shuningdek, AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden bosqinning bir yilligi munosabati bilan Kiyevga qilgan tarixiy tashrifi chog‘ida Mariinskiy saroyining mehmonlar kitobiga ushbu shiorni yozib qoldirgan.

Kiritildi: 19:10 14.04.2025. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!