Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 52 mingtaga yetgan

A A A
Rossiyada ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 52 mingtaga yetgan

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligining xabar berishicha, yilning birinchi yarmida mamlakatda elektromobillar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshib, 52 ming donani tashkil qilgan.

Vazirlik tomonidan berilgan yozma bayonotda, elektr transport vositalarini ommalashtirish uchun mamlakat bo‘ylab turli loyihalar amalga oshirilayotganligi qayd etildi.

Hisobotda tez zaryadlash stansiyalarini kengaytirish choralari ko‘rilgani, elektromobil xarid qilish uchun maxsus soliq imtiyozlari berilgani qayd etilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2024 yilning birinchi olti oyida Rossiyada ro‘yxatga olingan elektromobillar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshib, 52 mingtaga yetgan.

Neft va neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan Rossiyada elektr transport vositalariga talab ortib bormoqda. Mamlakatda Rossiya va Xitoy brendlarining elektromobillari keng tarqalgan bo‘lsada, Tesla kabi kompaniyalarning avtomobillari soni ham ortib bormoqda.

Kiritildi: 02:36 18.07.2024. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!