Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonlik bolani buvisining vasiyligiga o‘tkazish ishlari ko‘rilmoqda

A A A
Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonlik bolani buvisining vasiyligiga o‘tkazish ishlari ko‘rilmoqda

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro 2022 yilda tug‘ilgan nevarasi hozirda Rossiyadagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotgani, bunga sabab, bolaning onasi (V.D. ning qizi) bolani enagaga qoldirgani va uni olib ketmagani uchun enaga polisiya chaqirgan bo‘lib, polisiya esa bolani vasiylik organiga topshirganini bildirgan. Fuqaro vasiylik organi nevarasini tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topib, nevarasining O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari boshlangan. Hozirda bolaning buvisi tashabbusi bilan fuqaro qizi bolasi bilan oilaviy munosabatlarni rasmiy tasdiqlash uchun Rossiyada tegishli tartibda sudga ariza bergan.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaroning voyaga yetmagan nabirasini uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiyaning vasiylik va homiylik organlariga yuborildi.

Kiritildi: 18:45 18.03.2024. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!