O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida mushkul vaziyatga tushib qolgan to‘rt nafar hamyurtimizga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Diplomatlar Novosibirskning tegishli idoralari bilan o‘tkazgan muzokaralari natijasida vatandoshlarimizning zarur hujjatlar olindi va yosh bolali oilani Vatanga qaytarish uchun sertifikatlar tayyorlandi.
Yurtdoshlarimiz Novosibirsk xalqaro aeroportidan "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi samolyotida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.