Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada migrantlarga SIM-karta “limiti” joriy etilishi mumkin

Rossiyada migrantlarga SIM-karta “limiti” joriy etilishi mumkin

Rossiyada migrantlarga bir nechta telefon raqamlaridan foydalanishni taqiqlash rejalashtirmoqda.

"Rossiya Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov xorijliklarning bir nechta abonent raqamiga ega bo‘lishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi", deya xabar bermoqda TASS agentligi.

Nilovning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning bittadan ortiq bo‘lgan telefon raqamiga egalik qilishini cheklash zarurligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi mamlakatda xavfsizlik darajasini oshirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab xorijliklarning o‘z nomiga 10 dan ortiq abonent raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishiga taqiq kuchga kirgan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aloqa operatorlari bilan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgan holda va biometrik ma’lumotlardan majburiy foydalangan holda idoralarga shaxsan kelib, shartnomalar tuzishlari mumkin.

Rossiya fuqaroligiga ega shaxslar uchun yangi qoidalar 2025 yil 1 apreldan kuchga kirgan va ularga 20 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-kartaga ega bo‘lishga ruxsat etiladi.

Kiritildi: 16:17 25.05.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!