Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada migrantlar patentsiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, faqat...

Rossiyada migrantlar patentsiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, faqat...

RF prezidenti Vladimir Putin chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada mehnat faoliyatini patent olmasdan amalga oshirishlari imkonini beruvchi farmonni imzoladi.

Buning uchun ular daktiloskopiya (barmoq izlari) topshirishi, giyohvand moddalar hamda xavfli infeksion kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Rasmiy huquqiy axborot internet portalida e’lon qilingan hujjatda belgilanishicha, «chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organida barmoq izlari orqali shaxsni identifikasiya qilish jarayonidan o‘tsa, ish ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega».

Yana bir shart – tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak bo‘ladi, unda giyohvand yoki psixotrop moddalarni shifokor reseptisiz iste’mol qilish, shuningdek, yangi turdagi xavfli psixoaktiv moddalar yoki atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar bor-yo‘qligi tekshiriladi.

Mazkur farmonga ko‘ra, bunday kasalliklar qatoriga, xususan, OIV ham kiritilgan.

Kiritildi: 10:29 24.03.2025. O'qildi: 2118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!