Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida migrantlar sodir etgan jinoyatlarning 35,5 foizi o‘zbekistonliklarga to‘g‘ri kelgan.
Ikkinchi o‘rinda tojikistonliklar (16,6%), uchinchi o‘rinda qirg‘izistonliklar (11,5%) qayd etilgan.
Joriy yilning shu davrida xorijliklar sodir etgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 15,3 foizga oshgan. Umumiy hisobda, 12,5 mingta jinoyat ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, ma’muriy huquqbuzarliklar soni 1,1 foizga kamaygan.