Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada hamyurtlarimiz pasportlarini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada hamyurtlarimiz pasportlarini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning may oyida og‘zaki kelishuv asosida 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari Rossiya Federasiyasi Samara viloyatidagi issiqxonada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan.

Ish beruvchi yurtdoshlarimizning pasportlarini olib, patent rasmiylashtirgan, lekin hujjatlarini qaytarib bermagan. Shuningdek, oldindan kelishilgan har oy uchun 40 ming rubl ish haqlarining 3 oyligi berilmagan.

Mehnat migrantlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara viloyatidagi vakolatxonasiga videomurojaat orqali pasportlarini olib berib, majburiy mehnatdan ozod qilinishini so‘ragan.

Vakolatxona xodimlari Samara viloyati Kinel shahri ichki ishlar boshqarmasiga fuqarolarimizni majburiy mehnatdan ozod qilishda yordam so‘rab, ariza yozgan. Muammo o‘rganildi va qisqa muddatda ichki ishlar xodimlari bilan birgalikda yurtdoshlarimizning ish joylariga borib, muammolari hal etildi.

Kiritildi: 09:52 05.08.2021. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!