Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada Google, Android va iOS bloklanishi mumkin

Rossiyada Google, Android va iOS bloklanishi mumkin


Rossiya Federasiyasi hududida Google, Android va iOS dasturlari bloklanishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksey Didenko bergan ma’lumotga tayanib, «Lenta.ru» nashri xabar berdi.


Aytilishicha, ushbu platformalar ma’lumotlarni qayta ishlash va to‘plash funksiyalariga ega ekanligini bois rasmiylar ularga taqiq qo‘yishga chaqirgan. Deputatlarning bir guruhi Google, Android va iOSga muqobil platformalardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Deputat Didenko platformalarni bloklash tashabbusi duma vakillari talabi bilan emas balki vaziyat taqozosi bilan amalga oshirilishini bildirgan.

Hukumat ma’lumotlar oqimini nazorat qilish hamda shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish uchun shunday yo‘l tutishga majbur bo‘lgan.

«Bu bizning tashabbusimiz bilan sodir bo‘lmayapti. Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarga ushbu platformalardan, ayniqsa, maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘lgan dasturlardan foydalanish amalda uzoq vaqtdan beri taqiqlangan. Shu boisdan ham endi foydalanuvchilar boshqa muqobil platformalardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi», dedi Aleksey Didenko.
Deputat xalqaro platforma va dasturlarning Rossiyada bloklanishi mamlakat aholisi uchun fojia emasligini aytgan. Bunga misol sifatida 2022 yilda Rossiya hududida Netflix faoliyati to‘xtagani, biroq uning analoglari faollashgani keltirilgan.

Shuningdek, Aleksey Didenko Google, Android va iOS aynan qanday ma’lumotlarga tahdid solayotganini aniq aytmagan. Ushbu kompaniyalarga qachon va qancha muddatga cheklov kiritilishi ham ochiqlanmagan.

Kiritildi: 14:45 03.08.2024. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!