Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayolga jazo tayinlandi

Rossiyada farzandini qiynoqqa solgan o‘zbekistonlik ayolga jazo tayinlandi

Rossiyada farzandini muttasil ravishda qiynab kelgan o‘zbekistonlik ayol 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

2024 yil boshlarida ijtimoiy tarmoqda va qator OAVlarda yosh bolani ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqalgandi. U Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi A.G. ekani, 2016 yildan beri Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab kelishi aniqlangandi. Videotasvirdagi bola esa ularning 2019 yilda tug‘ilgan qizi R.X. bo‘lgan.

O‘zbekiston bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga kiritgan so‘rovi asosida Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri tergov boshqarmasi tomonidan A.G.ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksi 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining axborotiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilib, A.G. 117-modda (qiynash) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Xabarda aytilishicha, qiynoqlardan aziyat chekib kelgan 1,5 yashar bola 2021 yil avgustida vafot etgan. Onasi tibbiy muassasaga xabar bermay, bolani o‘zboshimchalik bilan ko‘mgan.

Kiritildi: 10:40 05.12.2024. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!