Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada Yevropa muammolari departamenti tashkil etildi

Rossiyada Yevropa muammolari departamenti tashkil etildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Umumevropa hamkorlik departamenti o‘rniga Yevropa muammolari departamenti tashkil etildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova “RBK” nashri bilan suhbatda departamentning qayta nomlanishi "geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi va TIV faoliyatini unga moslashtirishning zarurati" bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

EXHT, Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi va NATO masalalari ushbu departament ixtiyorida qolmoqda.

Rossiya 2022 yil mart oyida Yevropa Kengashidan chiqib ketgan. Yevropa Ittifoqi va NATO mamlakatlari Rossiya Federasiyasining “buzg‘unchi neoliberal qadriyatlarni majburlovchi tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritilgan.

Shunga qaramay, Rossiya Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Dekabr oyida Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov EXHTning Maltadagi Tashqi ishlar vazirlari kengashiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu uning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqiga ilk tashrifi bo‘ladi.

Kiritildi: 21:00 04.11.2024. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!