Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositalari bloklandi

Rossiyada Yevropa Ittifoqining 81 ta ommaviy axborot vositalari bloklandi

“RIA Novosti”, “Izvestiya” va “Rossiyskaya gazeta”ning Yevropa Ittifoqida (EI) translyasiyasini taqiqlashiga javoban Rossiya Yevropa Ittifoqining o‘nlab ommaviy axborot vositalaridan foydalanish imkoniyatini chekladi. Ro‘yxatga 81 ta nashr va agentlik kiritilgan. Ular orasida Agence France-Presse, Politico, La Stampa i La Repubblica, El Pais va El Mundo, Der Spiegel bor.

"Rossiya tomoni bir necha bor va turli darajalarda mahalliy jurnalistlarga nisbatan siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilish va Rossiya ommaviy axborot vositalariga Yevropa Ittifoqi hududidagi asossiz taqiqlar e’tibordan chetda qolmasligi haqida ogohlantirgan" - deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida.

Ro‘yxatga 25 davlatning OAVlari kiritilgan. Ular orasida Germaniyaning Die Zeit jurnali, Polshaning Belsat telekanali, Fransiyaning Le Monde va Liberation gazetalari, Euobserver internet nashri, Shvesiyaning SVT teleradiokompaniyasi bor edi. TIVning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya ommaviy axborot vositalariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlansa, Rossiya tomoni ham “ko‘rsatilgan media operatorlariga nisbatan o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqadi”.

Kiritildi: 18:33 25.06.2024. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!