M2M (Machine-to-Machine) sim-kartalarini alohida toifaga ajratish, ular uchun qo‘shimcha identifikasiya joriy etish hamda ular orqali ovozli trafik va SMS uzatishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, firibgarlikka qarshi kurashish doirasida xorijdan turib eSIMni 'ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash ham ko‘rib chiqilmoqda.
"Kommersant’" nashrining xabar berishicha, ushbu choralar Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan muhokama qilinmoqda.
Hozirda bozorda 60 millionga yaqin M2M sim-kartalari mavjud bo‘lib, ular ko‘pincha yuridik shaxslar nomiga rasmiylashtiriladi. Bunday kartalar qurilmalar o‘rtasida — masalan, datchiklar, bankomatlar va avtomobillarda ma’lumot almashish uchun ishlatiladi. Biroq ba’zida ulardan spam-qo‘ng‘iroqlar uchun ham foydalanilmoqda.
Ushbu tashabbuslar firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar paketiga kiritilishi mumkin. Shu bilan birga, nashr manbalarining ta’kidlashicha, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.